Surxondaryo viloyati Angor tumani “Ishga marhamat” monomarkazi bo‘lib, Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi direktori Aygul Sattarova bu yerda o’quvchilar qamrovini oshirish, olis hududlardan kelib kasb-hunar o'rganadigan aholi vakillari uchun yotoqxona tashkil etish, muhandis-ustalar malakasini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Mutasaddi rahbarlar va bo‘lim boshliqlariga me’yoriy hujjatlar o‘z vaqtida yuritilishiga mas'uliyat bilan yondashish lozimligi ta'kidlandi.
Enagalik kursi o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini qariyalar va nogironlar uylariga borib mobil xizmat ko‘rsatish shaklida tashkil etish taklifi berildi.
O'rganishlardan so'ng, Angor tumanidagi "Ishga marhamat" monomarkazi foaliyatini takomillashtirish va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan mas'ullar ishtirokida yig'ilish ham bo'lib o'tdi.