Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va ushbu davlatning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor "Mehnat yarmarkasi" o‘tkaziladi.
Qachon va qayerda?
2024-yil 19-iyun soat 9:00 dan 17:00 gacha;
2024-yil 20-iyun soat 9:00 dan 12:00 gacha;
Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida.
lokatsiya (https://maps.google.com/maps?q=41.297345,69.352270&ll=41.297345,69.352270&z=16)
Talablar
18 yoshdan 40 yoshgacha;
nemis tilidan kamida B1 sertifikati;
kasbiy malaka diplomi (texnikum, kollej yoki oliy ta’lim bakalavr diplomi);
1 yillik kasbiy tajriba.
Sohalar:
- elektrik;
- payvandchi;
- duradgorlik;
- avtochilangar;
- mehmonxona;
- restoran;
- IT;
- qishloq xo‘jaligi;
- hamshiralik;
- parvarishlash.
Mehnat yarmarkasi doirasida to'g'ridan-to'g'ri tanlovlar o'tkaziladi.