Ausbildung o'zi nima?

????Kasbiy ta'lim, ya'ni Ausbildung bu kollejlar singari ta'lim tizimi. Ausbildung orqali siz kelajakda egallamoqchi bo'lgan kasbingizga oid amaliy va nazariy bilimlarni olasiz. Ausbildung sohaga qarab 2 yildan 3-3,5 yilgacha davom etadi.

⚡️Oshpaz, santexnik, sotuvchi, novvoy, sartarosh kabi kasblar Ausbildung orqali egallansa,  vrach, o'qituvchi, yurist kabi kasb egasi bo'lish uchun albatta Oliy o'quv yurtini tamomlash kerak. 

⚡️Ausbildung qilayotgan inson haftada 1-2 kun vaqtini nazariy bilimlarni o'rganish uchun Berufsschuleda o'tkazsa,qolgan 3-4 kun vaqtini o'zi Ausbildung qilayotgan tashkilotda amaliy tarzda o'tkazadi. 

Talimning Ausbildung yo'nalishidagi o'ziga xoslik quyidagilardan iborat:

Ausbildung davomida sizga oylik to'lanadi. O'rtacha olganda, Ausbildung qilayotgan inson 
1-yili 700€, 
2-yili 850€, 
3-yili 1000€ atrofida oylik oladi.

Ausbildung qilish universitetda o'qishdan ancha oson. Ausbildung qilayotganlar kutubxonada soatlab o'tirishi shart emas. Ozgina nazariyani o'rganib,qolgan vaqt o'z sevgan kasbi bilan shug'ullanadi.

Ausbildungdan so'ng o'zingiz ausbildung qilgan tashkilotda ishlab qolishingiz mumkin. 

Ausbildung qilish uchun sizdan C1 talab qilinmaydi, sohaga qarab B1-B2 sertifikatlari yetarli bo'ladi.

Ko'rishlar soni: 28