Joriy yilning 4- mart kuni Surxondaryo viloyati deputatlari Angor tumani "Ishga marhamat" monomarkaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Monomarkazdagi zamonaviy kasblarga bo'lgan e'tibor shuningdek zamonaviy kasblarni o'rganinshdagi davlat standartlariga mos bo'lgan yangicha asbob va uskunalar mavjudligi, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, hamda yo'lga qo'yilgan yo'nalishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Agar sizda kasb - hunarga qiziqish bo'lsa, o'zingiz yoqtirgan kasb sir asrorlarini professional darajasigacha egallamoqchi bo'lsangiz Angor tumanidagi "Ishga marhamat" monomarkazi sizga ko'makchi bo'ladi.
Angor tuman "Ishga marhamat" Monomarkazdagi kasblarda oʼqib, mutaxassis boʼlish niyatida boʼlgan barcha fuqarolarimizni Monomarkazga o'qishga taklif etamiz.
⏱ O'qish vaqti haftaning dushanbadan juma kunigacha
soat 9:00 dan 18:00 gacha
(tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha)
☎️ Murojaat uchun telefon: +998-55-451-80-06